2023-yil 2-avgust kuni suv ifloslanishi indeksi boʻyicha (SII) kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi:
- Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi. Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 1,6 REM. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11,34 mgO/2l . Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0,73.
- Qorasuv kanali — Furqat bogʻi hududida. Nitritli azot boʻyicha – 1,05 REM, fenol boʻyicha – 6,0 REM, mis boʻyicha 2,2 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi -11,33 mgO/2l . Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,87.
- Salar kanali — Ekoparkdan quyida. Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 4,6 REM. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi - 8,36 mgO/2l. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,28.
- Anxor kanali — Kichik xalqa yoʻlidan quyida. Neft mahsulotlari boʻyicha – 7,4 REM, mis boʻyicha 1,2 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11,32 mgO/2l. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII – 1,68.
- Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi hududi. Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 1,4 REM. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi - 10,76 mgO/2l. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII – 0,54.
Oldingi hafta bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi. Suv ifloslanishi indeksi (SII) boʻyicha qabul qilingan tasnifga muvofiq Toshkent shahar kanallari II va III sinflarga tegishli boʻlib, toza va oʻrtacha ifloslangan suvlarga toʻgʻri keladi.
Maʻlumot uchun: Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obʻektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.