2023-yil 16-avgust kuni suv ifloslanishi indeksi boʻyicha (SII) kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi:
- Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi. Хrom VI boʻyicha – 1,3 REM va mis boʻyicha – 2.1 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11.36 mgO/2l . Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0,97.
- Qorasuv kanali — Furqat bogʻi hududida. Mis boʻyicha 2.5 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi -11.39 mgO/2l . Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0.95.
- Salar kanali — Ekoparkdan quyida. Хrom VI boʻyicha – 2.0 REM, mis boʻyicha 5.7 REM, neft mahsulotlari boʻyicha –1.2 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 8.10 mgO/2l. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,82.
- Anxor kanali — Kichik xalqa yoʻlidan quyida. Хrom VI boʻyicha – 1.3 REM, mis boʻyicha 2.0 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 10.98 mgO/2l. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII – 0.88.
- Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi hududi. Хrom VI boʻyicha – 1.5 REM, mis boʻyicha 2.1 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11.68 mgO/2l. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII – 0,95.
- Chorvoq suv ombori – Yusufxonа posyolkasi. Mis boʻyicha 1.3 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 9.69 mgO/2l. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII – 0,66.
Oldingi hafta bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi. Suv ifloslanishi indeksi (SII) boʻyicha qabul qilingan tasnifga muvofiq Toshkent shahar kanallari II va III sinflarga tegishli boʻlib, toza va oʻrtacha ifloslangan suvlarga toʻgʻri keladi.
Maʻlumot uchun: Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obʻektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.