Toshkent kanallari suv sifati

2023-yil 23-avgust  kuni  suv ifloslanishi indeksi boʻyicha (SII) kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi: 

- Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi.   Mis boʻyicha – 1.6 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11.69 mgO/2l . Suv sifati   II sinf toza  suvlar, SII -  0,57.

- Qorasuv kanali — Furqat bogʻi hududida. Хrom VI boʻyicha – 1.5 REM, mis boʻyicha 2.2 REM, neft mahsulotlari boʻyicha –2.6 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi -   11.9 mgO/2l .  Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,3.

- Salar kanali —  Ekoparkdan quyida. Mis boʻyicha 5.1 REM, neft mahsulotlari boʻyicha –1.2 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi –  8.32 mgO/2l.  Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,5.

- Anxor kanali —  Kichik xalqa yoʻlidan quyida.  Хrom VI boʻyicha – 1.4 REM, mis boʻyicha 1.6 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11.98 mgO/2l.   Suv sifati II sinf toza  suvlar, SII – 0.86.

- Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi  hududi. Mis boʻyicha 1.6 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi.  Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 10.86 mgO/2l. Suv sifati  II sinf toza   suvlar, SII – 0,67.

Oldingi hafta  bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati  muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi.  Suv ifloslanishi indeksi (SII) boʻyicha qabul qilingan tasnifga muvofiq Toshkent shahar kanallari II va III sinflarga tegishli boʻlib, toza va oʻrtacha ifloslangan suvlarga toʻgʻri keladi.

Maʻlumot uchun:    Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun  foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obʻektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.