Toshkent kanallari suv sifati

2023-yil 9-avgust  kuni  suv ifloslanishi indeksi boʻyicha (SII) kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi: 

- Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi.   Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 1,7 REM. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 10,96 mgO/2l . Suv sifati   II sinf toza  suvlar, SII -  0,69.

- Qorasuv kanali — Furqat bogʻi hududida. Mis boʻyicha 2,2 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi -12.31 mgO/2l .  Suv sifati  II sinf toza  suvlar, SII -  0.85.

- Salar kanali —  Ekoparkdan quyida. Neft mahsulotlari boʻyicha – 1.6 REM, mis boʻyicha 3.9 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi.   Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 7.78 mgO/2l.  Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,32.

- Anxor kanali —  Kichik xalqa yoʻlidan quyida.  Mis boʻyicha 1.5 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 7.86 mgO/2l.   Suv sifati    II sinf toza  suvlar, SII – 0.61.

- Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi  hududi. Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 1,4 REM. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 7.82 mgO/2l.    Suv sifati  II sinf toza   suvlar, SII – 0,68.

Oldingi hafta  bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi.  Suv ifloslanishi indeksi (SII) boʻyicha qabul qilingan tasnifga muvofiq Toshkent shahar kanallari II va III sinflarga tegishli boʻlib, toza va oʻrtacha ifloslangan suvlarga toʻgʻri keladi.

Maʻlumot uchun:    Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun  foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obʻektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.